×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:09:55 (GMT +5), juma, 18 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Standart versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - yanvar 2020

Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekistonning yuridik va jismoniy shaxslari diqqatiga

2020-yilning 4-yanvar kuni www.pravo.gov.ru rasmiy huquqiy axborot internet-portaliga Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2019-yil 31-dekabrdagi 1952-son “Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2004-yil 31-dekabrdagi 908-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori joylashtirildi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hujjatga muvofiq 10%li stavka bo‘yicha qo‘shimcha qiymati solig‘i (QQS) solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, Rossiya hududiga olib kirilganda imtiyozli QQS solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati kengaytirildi.

O‘zbekistonning asosiy ho‘l meva mahsulotlari hisoblanadigan tarvuz, qovun, uzum, anjir, olma, nok, behi, o‘rik, gilos, olcha, shaftoli (jumladan nektarin ham), olxo‘ri va limonga nisbatan avval amal qilgan 20%li QQS o‘rniga 10%li stavka joriy etiladi.

Shuningdek, o‘zgarishlar quruq mevalarga nisbatan joriy etilmaydi. Ushbu kategoriya bo‘yicha 20%li QQS saqlanib qolindi.

Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistondan Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Hujjatning to‘liq matni quyidagi havolaga joylashtirilgan http://publication.pravo.gov.ru/Document/View/0001202001040041  



Marta o`qilgan: 2812