×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:36:11 (GMT +5), yakshanba, 31 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - dekabr 2019

Tojikiston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 30-dekabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari yangi - 2020-yil kirib kelayotgani munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabrikladilar.

Joriy yil koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik aloqalari yanada rivojlangan va mustahkamlangan davr sifatida ikki tomonlama munosabatlar tarixida qolishi taʼkidlandi.

Hukumatlar, parlamentlar va hududlar, jumladan, Toshkent va Dushanbe shaharlari oʻrtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. Oʻzaro savdo hajmi salmoqli darajada oshmoqda, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanmoqda.

Suhbat chogʻida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yil noyabr oyida poytaxtimizda oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining natijalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlandi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 1051