×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:19:34 (GMT +5), dushanba, 25 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - dekabr 2019

1-yanvardan boshlab MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tadi

2020-yil 1-yanvardan boshlab MDHning Ashxabod sammiti qaroriga binoan Hamdo‘stlikka raislik O‘zbekistonga o‘tadi.

MDH doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari Shavkat Mirziyoyevning 11-oktabr kuni Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Davlat rahbarlari kengashining majlisidagi nutqida bayon etilgan.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ko‘p tomonlama hamkorlikni, avvalambor, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turli sohalardagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, transport-logistika va tranzit salohiyatini ochish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish sohalarida kengayish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekistonning MDHga raisligi bugun e’lon qilingan Hamdo‘stlikni yanada rivojlantirish kontsepsiyasiga, shuningdek, tashkilot doirasida qabul qilingan hamkorlikning turli sohalaridagi reja va dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Mamlakatimiz bir vaqtning o‘zida Davlat rahbarlari kengashiga, Hukumat rahbarlari kengashiga, Tashqi ishlar vazirlari kengashiga, Iqtisodiy kengashga, a’zo davlatlarning Ustav va boshqa hamdo‘stlikdagi doimiy vakolatli vakillariga, iqtisodiy kengash huzuridagi iqtisodiy ishlar bo‘yicha komissiyaga raislik qiladi.

Raislik doirasida turli darajadagi va formatdagi 70 ga yaqin tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan, shu jumladan Toshkentda Davlat rahbarlari kengashi, hukumat rahbarlari kengashi, tashqi ishlar vazirlari kengashi, iqtisodiy kengash, parlamentlararo assambleya, iqtisodiy forum va mintaqalar forumi.

Raislik davomida O‘zbekiston ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladigan 10dan ortiq konseptual hujjatni tayyorlash va qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Jamoatchiliknini O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari va uning doirasida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sahifasida  "2020-yili O‘zbekistonning MDHdagi raisligi" maxsus bo‘limi tashkil etildi.



Marta o`qilgan: 1205