×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
06:02:23 (GMT +5), seshanba, 26 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - dekabr 2019

O‘zbekiston Elchixonasi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ingliz tiliga tarjimasini taqdim etdi

2019-yil 27-dekabr kuni O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasida AQShda ingliz tilida ilk bor nashr etilgan Abdulla Qodiriyning “Bygone days” (“O‘tkan kunlar”) kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Roman amerikalik olim, AQSh Harbiy-dengiz akademiyasi Mintaqaviy tadqiqotlar markazining sobiq direktori Mark Riz tomonidan tarjima qilingan. U O‘zbekistondagi Tinchlik korpusining ilk ko‘ngillilaridan biri bo‘lib, 1994-1996-yillarda ko‘ngilli sifatida ishlagan.

Romanning tarjimasi ustida ishlash o‘n besh yildan ko‘proq davom etdi. Elchixona, AQShdagi vatandoshlarimizning, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislarning faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida romanni nashr etish jarayoni sezilarli darajada tezlashdi. Kitob sotuvga chiqdi va “besh yulduzli” reytingga ega.

Kitobning 660 sahifasida muallif tomonidan ishlatilgan turli atamalar va so‘z iboralarining 400 dan ortiq izohlari, shuningdek, o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odati va an’analari haqida tushuntirishlar mavjud.

Taqdimotni ochar ekan, O‘zbekiston Elchisi Javlon Vaxabov mamlakat rahbariyati tomonidan buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, o‘zbek romanchiligining asoschisi, “jadidlar” harakatining yorqin vakili, yozuvchi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligini mamlakatda keng nishonlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Mark Riz O‘zbekistonda o‘tkazgan yillar haqida o‘zining yaxshi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi, o‘z ishi natijalari haqida so‘zlab berdi va barchani “hech bo‘lmaganda bir marta O‘zbekistonga tashrif buyurib, uning boy tarixiy merosi, betakror me’morchiligi va olijanob xalqiga guvoh bo‘lishga” chaqirdi.

“An’anaviy o‘zbek maktabida o‘qituvchi sifatida o‘tkazgan vaqtim butun hayotimni nihoyatda boyitgan sayohat bo‘ldi, – dedi Mark Riz. “Abdulla Qodiriyning O‘rta Osiyo va jahon adabiyotida o‘xshashi yo‘q “O‘tkan kunlari” romanini ingliz tiliga tarjima qilish men uchun sharaf bo‘ldi”.

O‘zbekiston elchixonasining ma’lum qilishicha, kitobning tarjima nusxalari AQSh hukumati rasmiylari, diplomatik korpus vakillari, AQShning yetakchi universitetlari orasida tarqatildi. Shuningdek, roman AQShning eng katta kutubxonasi va eng qadimiy federal madaniy muassasasi - Kongress kutubxonasida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Taqdimot yakunida Mark Riz bilan “Bygone days” (“O‘tkan kunlari”) kitobining 2020-yil bahorida inglizcha tarjimadagi taqdimotini tashkil etish, shuningdek, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini tarjima qilish loyihasini muhokama qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



Marta o`qilgan: 1622