×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:07:35 (GMT +5), dushanba, 28 - sentabr 2020
Ovoz berishni o‘chirish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - dekabr 2019

Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari uchrashuvi to‘g‘risida

2019-yilning 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Bu kabi uchrashuvlar BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya Mintaqaviy markazi (MOPDMM) tashabbusi bilan 2008-yildan buyon har yili, Toshkent shahrida esa birinchi marta o‘tkazilmoqda.

MOPDMM delegatsiyasiga BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaz rahbari Natalya German boshchilik qildi. Tadbirda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston tashqi siyosat idoralari rahbarlarining o‘rinbosarlari Yerjan Ashikbayev, Muzaffar Huseynzoda, Vepa Xadjiyev va Nahid Esar ishtirok etdi.

Sessiya yig‘ilishlar davomida mintaqaviy siyosiy va xavfsizlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’sir qiladigan voqealar va tendensiyalar, Afg‘oniston bilan hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, MOPDMMning joriy yildagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi hamda 2020-yilga hamkorlik rejalari belgilab olindi.



Marta o`qilgan: 2051