×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:33:58 (GMT +5), juma, 25 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - dekabr 2019

MGIMO rektori bilan uchrashuv

2019-yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Hay’ati a’zosi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (Universitet) rektori Anatoliy Torkunovni qabul qildi. A.Torkunov Rossiya oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali rasmiy ochilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda MGIMO filialining qisqa vaqt ichida ochilgani olqishlandi va bu yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

MGIMOning Rossiya hududidan tashqaridagi birinchi filiali ish boshlagani, unda joriy yil sentabr oyidan 88 ta talaba “Biznes-informatika” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatda, “Biznes-informatika” va “Yurisprudensiya” yo‘nalishida magistraturada ta‘lim olayotgani tomonlarda madaniy-gumanitar va fan-ta’lim sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni faol rivojlantirishga qiziqish borligidan guvohlik beradi. O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan birining filialini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim 2018-yilning oktabr oyida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ishtirokida imzolangan edi.

May oyida Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilarining V Xalqaro forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va uning doirasida universitetning 75-yillik yubileyi nishonlanganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.


Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 1611