×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:28:49 (GMT +5), juma, 25 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - dekabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) FVVning Orenburg viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasiga tayanib ma’lum qiladiki, 2019-yil 8-dekabr kuni “Qozon-Orenburg-Akbulak” trassasida Ugolnoye qishlog‘i hududida “Gazel” yuk mashinasi va miniven ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

YTH natijasida voqea joyida 4 kishi vafot etdi, yana to‘rt kishi Sol-Iletsk shahridagi “Gorodskaya bolnitsya” davlat budjet sog‘liqni saqlash muassasasiga yotqizildi. Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi I.B. bor. Uning sog‘lig‘i holati uzoq muddatli davolanishni talab qiluvchi o‘rtacha og‘ir darajada.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat va vatandoshimiz joylashgan tibbiy muassasa bilan doimiy aloqada bo‘lib turibti.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.



Marta o`qilgan: 1722