O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
8 - dekabr 2019

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi parlament sayloviga tayyorlanmoqda

2019-yilning 4-5-dekabr kunlari O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsuli Nodir Turgunov Aqtobe viloyatida bo‘ldi.

Tashrif doirasida qator uchrashuvlar, jumladan viloyat hokimi o‘rinbosari Kayrat Bekenov, viloyat Politsiya departamenti va saylov komissiyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament sayloviga 14-15-dekabr kunlari Aqtobe shahrida muddatidan avval ovoz berishni o‘tkazishga doir tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Muddatidan oldin ovoz berishni 14-15-dekabr kunlari soat 10.00dan 13.00gacha Aqtobe shahri, Sanqiboy botir ko‘chasi 20-A uy mazilida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ovoz berish muddati va joyi to‘g‘risidagi ma’lumot mahalliy OAVda e’lon qilinadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi S.Baishev nomidagi Aqtobe universitetiga ham tashrif buyurdi. Universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-ta’lim sohasida hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mazkur universitetda tahsil oladigan O‘zbekiston fuqarolarining Oliy Majlis qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtiroki bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. 



Marta o`qilgan: 650