×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:19:26 (GMT +5), juma, 21 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - dekabr 2019

YXHT DIIHB Missiyasi rahbari bilan uchrashuv

2019-yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outramni qabul qildi.

Suhbat boshida Vazir Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlarni kuzatish uchun O‘zbekistonga to‘liq missiyasini yuborish to‘g‘risidagi YXHT DIIHB qarorini ma’qulladi va missiya o‘z faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi.

Bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining o‘z saylov huquqlaridan foydalanishlari uchun sharoit yaratish doirasida 38 ta mamlakatda 55 ta saylov uchastkasi tashkil etilganligi ta’kidlandi. Shuningdek, 12-19-dekabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati ko‘zda tutilmoqda va buning uchun O‘zbekiston fuqarolarining zich yashash joylaridagi 100 dan ortiq manzillara safarlar tashkil qilinmoqda.

Qayd etilganidek, TIV va xorijdagi vakolatxonalar o‘z elektron manbalarida fuqarolarimiz uchun tushuntirish materiallarini doimiy ravishda joylashtirib, unda saylov qonunchiligi, ovoz berish joylari va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot bermoqdalar.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston fuqarolariga diplomatik va konsullik muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xat yozish yoki saylov.mfa.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali o‘zlarini chet eldagi ma’lum bir saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritishlariga imkon berilishi bo‘yicha yangilik ijobiy baholandi. Bunda, tizim foydalanish juda oson, faqat pasport va bog‘lanish ma’lumotlari talab etiladi. Butun jarayon bepul.

Kayetana de Zulueta Outram logistika va tashkiliy masalalarni hal qilishda O‘zbekiston tomoni ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi va 42 ta uzoq muddatli xalqaro kuzatuvchilardan iborat Missiyaning bir qismi Toshkent shahri va mintaqalarda o‘z faoliyatini boshlaganini ma’lum qildi. Hozirgi kunda YXHTga a’zo davlatlar bilan birgalikda 22-dekabr kuni deyarli barcha saylov okruglarida bo‘ladigan 220 dan ortiq qisqa muddatli xalqaro kuzatuvchilarning ro‘yxatini shakllantirish yakunlanmoqda. 

Shu nuqtai nazardan, TIV va YXHT DIIHBning Saylovni kuzatish missiyasi o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.


Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 693