×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:04:23 (GMT +5), juma, 21 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - dekabr 2019

Qozog‘istonning Janubiy hudularidagi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lajak parlament saylovida qayerda ovoz bera olishadi?

2019-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘lib o‘tishi munosabati bilan O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Bosh konsulxona huzurida 139-Oqtepa saylov okrugiga biriktirilgan 35-saylov uchastkasi tashkil etildi.

Saylov uchastkasi manzili: 050060, Olmaota shahri, Jarokova ko‘chasi 360-uy. Telefon: +7(727)-390-26-16; +7(727)-299-20-70, elektron pochta: kz.uzconsulate@ mfa.uz/

Saylov 22-dekabr mahalliy vaqt bilan soat 8:00dan 20:00gacha bo‘lib o‘tadi.

Fuqarolarimizning saylov huquqlarini ta’minlash maqsadida Taroz va Chimkent shaharlarida muddatidan oldin ovoz berishni tashkillashtirish rejalashtirilmoqda.

Muddatidan oldin ovoz berish:

- 12-dekabr kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha Taroz shahri Hasan Bekturganov ko‘chasi 10-uyda joylashgan “Shaxboz” MChSh binosida;

- 14-dekabr soat 9:00 dan 16:00 gacha Chimkent shahri Tokayeva ko‘chasi 27-A uy manzilida joylashgan “Silk way” xalqaro universitetida binosida bo‘lib o‘tadi.

Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida doimiy yoki vaqtincha yashaydigan O‘zbekiston fuqarolari saylovda ishtirok etishga taklif etiladi.

Shuningdek, saylov.mfa.uz sayti orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishingizni yoki Bosh konsulxonaga yuqorida ko‘rsatilgan telefon raqamlari yoki elektron pochta orqali murojaat qilishingizni ham so‘raymiz.

Saylovchilar ovoz berish kuni shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.



Marta o`qilgan: 553