O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
5 - dekabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi xodimlari O‘zbekiston fuqarolarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risida 2019-yilning 3-dekabr kuni OAVda tarqalgan murojaatini Kolpino shahriga borib tekshirdilar.

Hamyurtlarimiz va “ICA Construction” kompaniyasining mas’ul xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yurtdoshlarimizning manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Vaziyat Bosh konsulxona nazoratida.

Konsullik huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.



Marta o`qilgan: 1033