O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
5 - dekabr 2019

Slovakiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yan Bori bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Slovakiya hozirda raislik qilayotgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) o‘rtasidagi munosabatlar hamda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi. Jumladan YXHTning amaldagi raisi, Slovakiya Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychakning may oyidagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning yakunlari ko‘rib chiqildi.

Slovakiya vakillarining 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etishining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 643