×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:50:18 (GMT +5), seshanba, 29 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - dekabr 2019

O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili Hindistonda muzokaralar o‘tkazdi

2019-yil 3-dekabr kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Pankaj Saran, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Vijay Thakur Singh hamda TIV departamenti direktori Dipak Mittal bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar chog‘ida ikki mamlakatning afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash yo‘llari, shuningdek, ushbu mamlakatda turli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Hindiston tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan rivojlantirish borasidagi siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Suhbatdoshlar so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston afg‘on muammosini hal qilishda muhim rol o‘ynamoqda va bunda avvalo Afg‘oniston xalqi manfaatlarini ilgari surmoqda.

Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini tayyorlash bo‘yicha Ta’lim markazi bazasida Afg‘oniston uchun milliy kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Hindiston tomoni ushbu Markazda Afg‘onistonda eng ko‘p talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.



Marta o`qilgan: 1633