×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:22:06 (GMT +5), dushanba, 13 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - dekabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida asli o‘zbekistonliklarni tashiyotgan samolyot halokati sodir bo‘lgan joy tegishli tuzilmalar tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilgan, samolyotning barcha parchalari puxta tahlil qilish uchun Toronto shahridagi maxsus tekshiruv markaziga yetkazilgan. Ayni paytda Kanada ma’murlari bilan birgalikda halok bo‘lganlarning jasadlarini aniqlashtirish va ularni qarindoshlariga topshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Elchixona Kanada TIV va huquqni himoya qilish idoralari vakillari, aviahalokatida vafot etganlarning qarindoshlari va yaqinlari, Toronto shahri va Texas shtatidagi (AQSh) o‘zbek diasporasi bilan yaqin aloqada bo‘lib turibti.

2-dekabr kuni O‘zbekiston Elchisi Javlon Vaxabov Toronto shahrida Kanada transport xavfsizligi kengashi vakillari va mahalliy tergov idoralari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Elchixonaga butun dunyodan ta’ziya so‘zlari yetib kelmoqda. Kanadaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Annik Gule barcha kanadaliklar nomidan aviafalokatda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi hamda har tomonlama yordam va zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi. AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Elchixonasi sa’y-harakatlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Halok bo‘lganlarning qarindoshlari uchun Elchixonada tezkor telefon raqami ochilgan: +1 (202) 887-5300 (ichki raqam 1), +1 (202) 251-8298 (mobil), shuningdek consul.washington@mfa.uz elektron pochta manzili.



Marta o`qilgan: 1932