×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:01:13 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - noyabr 2019

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning yangi Bosh direktori bilan uchrashuv

2019-yil 27-noyabr kuni Vena shahrida O‘zbekistonning Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikdagi (AEXA) Doimiy vakili, Elchi Sherzod Asadov 2-dekabr kuni o‘z lavozimiga kirishadigan Agentlikning yangi Bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.

Rafael Grossiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AEXA Bosh direktori etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubi taqdim etildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yangi sanoat - yadro energetikasini rivojlantirish, ushbu sohadagi ilmiy va ta’lim salohiyatini mustahkamlash, tibbiyotga va iqtisodiyotga yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr almashildi.

Mamlakatda atom elektr stantsiyasini qurilishi ta’lim, yadro-muhandislik fanlari, qurilish va energetika sanoati tizimini takomillashtirishni ta’minlashi mamnuniyat bilan qayd etildi.

AEXAning O‘zbekiston Energetika vazirligi, “O‘zatom” agentligi, Fanlar akademiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan erishilgan samarali hamkorlik darajasi ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda respublikada tadqiqot yadro reaktorining xavfsiz ishlashini mustahkamlash bo‘yicha ishlar bajarildi, radioaktiv izotoplarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish uchun sharoit yaratildi, Davlat standartlashtirish qo‘mitasi va Milliy gidrometeorologiya markazida ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar modernizatsiya qilindi, O‘zbekistonning ikkita yetakchi universitetlarida o‘quv laboratoriyalari ochildi, eng muhimi nafaqat poytaxtda, balki mamlakat mintaqalaridagi tibbiyot markazlarida yangi jihozlar kiritildi va takomillashtirildi.

AEXAning O‘zbekistonda yadroviy bilimlarni mustahkamlash va saqlashga muhim hissa qo‘shganini qayd etildi. Faqatgina shu yilning o‘zida texnik kooperatsiya loyihalari doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan 19 ta uzoq muddatli amaliyot o‘taldi, yetakchi yadroviy markazlarga to‘rtta ilmiy tashrif va ikkita ekspert missiyalari amalga oshirildi va mamlakatda milliy o‘quv kurslari va amaliy yig‘ilishlar o‘tkazildi.

O‘zbekistonda AEXA tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar darajasi, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash va oshirish bo‘yicha qo‘shma faoliyat samaradorligidan mamnunlik izhor etildi. Texnik hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida yadro xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha AEXAning barcha talab va tavsiyalariga rioya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga O‘zbekiston sodiqligi ta’kidlandi.

Agentlik rahbari O‘zbekistonga texnik va ekspert yordamini ko‘rsatish, shu jumladan atom elektr stantsiyasini qurish jarayonida ko‘maklashishga AEXAning bundan keyin ham tayyorligi tasdiqladi.



Marta o`qilgan: 1393