×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:24:29 (GMT +5), yakshanba, 16 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


19 - noyabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019-yil 11-noyabr kuni Krasnogvardeyskoe tumanida 3 nafar shaxs O‘zbekiston fuqarosi D.Y.ga hujum qilib, uni urib, pichoq bilan bir necha bor jarohatlagani va sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazgani hamda uning telefon va pullarini tortib olgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Hamyurtimiz Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandr shifoxonasiga joylashtirildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan rasmiy ma’lumotga binoan mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergovchilarning va politsiya xodimlarining tizimli faoliyati natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganlar tezkorlik bilan aniqlandi va qo‘lga olindi. Tergov tadbirlari davom etmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-965-029-41-49.



Marta o`qilgan: 1527