×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:41:09 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - noyabr 2019

Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari uchrashuvi to‘g‘risida

2019-yilning 15-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari Abdulaziz Kamilov, Muxtar Tleuberdi, Chingiz Aydarberkov, Sirojiddin Muxriddin va Rashid Meredov mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini va oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, hozirgi paytda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi sabab Markaziy Osiyoda butunlay yangi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro ishonch muhiti shakllandi.

Vazirlar savdo aylanmasining yuqori sur’atlarda o‘sganini, transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarning faollashganini, mintaqa mamlakatlarini bog‘laydigan yangi yerusti va havo yo‘nalishlari ochilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

29-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi kun tartibi ko‘rib chiqildi. Kun tartibiga savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, transport infratuzilmasi, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari kiritishilishi rejalashtirilmoqda. Vazirlar sammitning yakuniy hujjati loyihasi va boshqa rejalashtirilayotgan qarorlarni ham muhokama qildilar.



Marta o`qilgan: 2285