×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:50:45 (GMT +5), dushanba, 27 - yanvar 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - noyabr 2019

O‘zbekiston delegatsiyasining “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi majlisidagi ishtiroki to‘g‘risida

2019-yilning 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining 15-majlisida ishtirok etdi.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasiga YIga raislik qilayotgan Finlandiya Tashqi ishlar vaziri, Pekka Haavisto rahbarlik qildi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi bir qator masalalar, siyosiy, iqtisodiy, investitsiya, inson huquqlari, ta’lim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda keng qamrovli tus olgan ikki tomonlama munosabatlar yaqqol rivojlanmoqda. Tomonlar fikriga ko‘ra, oliy va yuqori darajadagi muntazam aloqalar bunga imkon yaratmoqda. Yevropa kengashi Prezidenti Donald Tuskning joriy yil 31-may – 2-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan samarali muzokaralari hamkorlikni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorligining yaqqol dalilidir. Shu o‘rinda Yevropa Ittifoqining dekabr oyida faoliyat boshlaydigan yangi rahbariyati bilan ham bu kabi yuqori darajadagi siyosiy muloqotni saqlab qolishga umid bildirildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun yangi Strategiyasining Yevropa komissiyasi tomonidan qabul qilinishini mamnuniyat bilan qayd etdi va mintaqa davlatlarining barqarorligini oshirish, ularning farovonligini ta’minlash va YI bilan o‘zaro hamkorlikning institutsional mexanizmlarini mustahkamlash kabi hujjatda qayd etilgan muhim ustuvor yo‘nalishlar ahamiyatini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va YI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) bo‘yicha muzokaralarning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi raundiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokara jarayonining konstruktiv xususiyati va erishilgan natijalardan qoniqish bildirildi.

Majlis doirasida mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

* * *

Majlis yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi delegatsiyalari rahbarlari matbuot vakillari bilan uchrashdilar.

Vazirlar turli masalalarni ochiq va konstruktiv ruhda muhokama qilishga imkon bergan muzokaralarga yuqori baho berdilar.

Yevropa tomoni yangi istiqbollarni ochib berayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini izhor etdi.

Ta’kidlanganidek, Hamkorlik kengashining majlisi O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar sur’atidan qoniqish izhor etildi va muzokaralar 2020-yilda yakunlanishiga umid bildirildi.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘lishi kutilayotgan va 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatish uchun YXHTning to‘laqonli missiyasini taklif etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston qarorini ma’qulladi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar va xalqaro sheriklar bilan faol va konstruktiv hamkorligini qo‘llab-quvvatladi.

Tomonlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, savdo va investitsiyalarga ko‘maklashish, O‘zbekistonning JST va “GSP+” imtiyozlar tizimiga qo‘shilishi, qishloq xo‘jaligi va xususiy tadbirkorlik, energetika, ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.



Marta o`qilgan: 615