×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:50:37 (GMT +5), yakshanba, 9 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - noyabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019-yilning 8-noyabr kuni Moskva – Farg'ona yo‘nalishidagi "Ural Airlines" aviakompaniyasi samolyoti parvozi chog'ida O'zbekiston fuqarosi G.T. o'zini yomon his qildi. Natijada Samara shahrining "Kurumoch" aeroportida favqulodda qo'nishga qaror qilingan. Samalyot reanimatsiya va tez tibbiy yordam mashinalari bilan kutib olindi, afsuski G.T. shifokorlar kelguniga qadar vafot etdi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhum tanasini vatanga qaytarish bilan bog'liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila-a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va shuni eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur hollarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.



Marta o`qilgan: 1737