×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:32:40 (GMT +5), seshanba, 19 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - noyabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Vladivostok shahrida (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yil 30-oktabr kuni Primorye o‘lkasi Arsenyev shahrining markaziy kasalxonasida yo‘l-transport hodisasidan so‘ng O‘zbekiston fuqarosi I.N. vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan tergov organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

5-noyabr kuni Chernigov tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida O‘zbekiston fuqarosi B.R. vafot etdi.

Ikkala hamyurtimiz ham Primorye o‘lkasida qonuniy ravishda yashagan va mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatlarni nazoratga oldi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primorye o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.



Marta o`qilgan: 235