×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:41:36 (GMT +5), payshanba, 14 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - noyabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019-yilning 4-noyabr kuni Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishida HY-638 reysi bilan parvoz qilayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining samolyoti O‘zbekiston fuqarosi yo‘lovchi M.O. qon bosimi ko‘tarilishi sababli Samara shahrining “Kurumoch” aeroportiga favqulodda qo‘ngani haqidagi OAV xabarini tasdiqlaydi. Samolyot qo‘nishi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, M.O kasalxonada davolanishdan bosh tortdi.

Shu bilan birga, tez tibbiy yordam shifokorlari sog‘lig‘i yana bir bor yomonlashishi xavfi tufayli mazkur yo‘lovchiga parvozni tavsiya etmadilar, samolyot esa Urganch shahriga reysni davom ettirdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlari va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan vatanga qaytish masalasi hal qilinayotganiga qaramay, M.O. Samaradan O‘zbekistonga taksida jo‘nab ketdi.

Konsullik-huquqiy departamenti shuni eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur hollarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.



Marta o`qilgan: 154