×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:38:20 (GMT +5), payshanba, 14 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


2 - noyabr 2019

Turkmaniston TIV Rahbari bilan uchrashuv

2019-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama shakldagi hamda mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi O‘zbekiston-Turkmaniston muloqotining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turkmaniston TIV rahbari birinchi navbatda O‘zbekiston tomonini ShHT HRK majlisining muvaffaqiyatli yakunlari bilan tabrikladi. Bu tadbirga Turkmaniston tomoni raislik qiluvchi mamlakatning faxriy mehmoni sifatida taklif qilingan.

O‘zbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlari tomonidan mustahkam asos qurilgan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning faol tus olgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Vazirlar bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.



Marta o`qilgan: 192