O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
31 - oktabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 29-oktabr kuni Rossiya hududidan chiqarib yuborilayotgan O‘zbekiston fuqarolari X.A. va Sh.T. samolyot uchishigacha uning xojatxonasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgani uchun “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishidagi reysidan tushirib yuborildi.

Hamyurtlarimiz Sverdlovsk viloyati bo‘yicha Chet ellik fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga qaytarib olib ketilgan va ular o‘z hisoblaridan aviachiptalarni qaytadan sotib olishlariga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Bosh konsulxona X.A.ga vatanga qaytish uchun sertifikatni rasmiylashtirib bergan edi va uning aviachiptasi Rossiya federal byudjeti hisobidan xarid qilingan edi.

Konsullik-huquqiy departamenti chet elga chiqqan O‘zbekiston fuqarolaridan ular boradigan mamlakatlarning qonunlarini, jumladan turli tashkilotlarda mavjud qoidalarni yaxshilab o‘rganishlarini va ularga amal qilishlarini so‘raydi hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.



Marta o`qilgan: 1518