×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:10:49 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


27 - oktabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarosi J.R. ning 2019-yil 16-oktabr kuni Orenburg viloyatida temir yo‘l yaqinida hushsiz holatda topilgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Hamyurtimiz Sol-Iletsk shahri markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan edi.

21-oktabr kuni yurtdoshimiz ushbu tibbiyot muassasasida vafot etdi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Marhumning yaqinlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatildi. 25-oktabr kuni hamyurtimizning jasadi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan vatanga yuborildi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.



Marta o`qilgan: 2172