×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:26:29 (GMT +5), payshanba, 14 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


26 - oktabr 2019

Bosh konsul o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

2019-yilning 23-oktabr kuni mamlakatimizning Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni Podshohligi) Bosh konsulxonasi Madina islom universitetida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Bosh konsul Sirajiddin Shamsutdinov talabalarga xorijda yurgan mamlakatimiz fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq kompleks masalalarni hal qilish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi. Davlat yoshlar siyosatining samarali ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash mamlakatimiz rahbariyati diqqat markazida turgan muhim masalalardan biri hisoblanishi ta’kidlandi.

Suhbat jarayonida 2019-yil 22-dekabr kuni O‘zbeksitonda bo‘lib o‘tadigan parlament sayloviga tayyorgarlik mavzusiga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar Jidda shahridagi Bosh konsulxona huzurida saylov uchastkasi tuzilganidan xabardor qilindi.

Tadbir doirasida Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan fuqarolarimizning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi. Xususan, respublikamizning pasport tizimida joriy qilingan o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi, savollarga, jumladan hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishga taalluqli savollarga javoblar qaytarildi hamda Saudiya Arabistoni qonunchiligi bo‘yicha yuridik maslahatlar berildi.



Marta o`qilgan: 374