×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:40:35 (GMT +5), payshanba, 14 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - oktabr 2019

Dushanbe shahrida o‘zbek tili bayrami

2019-yilning 21-oktabr kuni O‘zbekistonning Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yozma meros markazi direktori Jurabek Nazirov, Yozma meros markazi qo‘lyozmalarning ilmiy tavsifi va kataloglashtirish bo‘limi boshlig‘i Alizoda Saidumar, yetakchi olimlar, madaniyat va san’at arboblari, jurnalistlar, Dushanbe shahri ijodiy intelligensiya vakillari ishtirok etdi.

O’zbekistonning Tojikistondagi Elchisi Ergash Shaismatov yig‘ilganlarni muhim sana bilan tabrikladi va o‘zbek tili tarixi, rivojlanishi va istiqbollari to‘g‘risida nutq so‘zladi.

Tadbir doirasida Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Ato Mirxoja, Termiz davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abdisamat Sattarov, Termiz davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Bekpo‘lat Umurqulov, Tojikiston Respublikasi Bastakorlar ittifoqining a’zosi, O‘zbekiston milliy konservatoriyasining faxriy professori, bastakor Asliddin Nizomi va boshqalar ham nutq so‘zladi. Ular o‘z nutqlarida o‘zbek tilining yuqori obro‘si, uning boyligi va go‘zalligi, mamlakat va jamiyatdagi betakror rolini ta’kidladilar.

Tadbir ishtirokchilari o‘zbek tili tarixi to‘g‘risida gapirib, adabiy tilga asos solgan buyuk Alisher Navoiy zamonaviy ijod tilining shakllanishida ulkan hissi qo‘shganini qayd etdilar.

Taniqli tojik shiori Mirzo Tursunzoda o‘z davrida o‘zbek va tojik xalqlarini bir dutorning ikki tori deb atagan edi. Darhaqiqat, xalqlarimizning umumiy madaniy hayoti va do‘stligi bir-birini to‘ldirgan holda uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

Bir tuproqda paydo bo‘lgan va o‘sgan ikki xalq do‘stligining noyob solnomasida ularning buyuk o‘g‘lonlari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning do‘stligi alohida o‘rin egallaydi. Bu do‘stlik o‘zlarining ko‘p asrlik tarixida hayotning shodlikarini va qayg‘ularini birga baham ko‘rgan, madaniyat, san’at va adabiyot, hunarmadchilik va dehqonchilikni birgalikda rivojlantirgan ikki xalq – o‘zbeklar va tojiklar do‘stligini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari rahbarligida ushbu samimiy va do‘stona munosabatlar yangi marralarni zabt etishga intilib, yangi qirralarni kashf etib butunlay yuqorida darajada davom etmoqda.



Marta o`qilgan: 241