×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:14:35 (GMT +5), chorshanba, 13 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


22 - oktabr 2019

Turkiya hududida bo‘lib turgan yoki u yerga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti mamlakatimiz fuqarolarining Turkiya Respublikasi bojxona va chegara nazorat punktlarida, jumladan aeroportlarda Turkiya hududiga belgilangan me’yordan ko‘proq miqdorda tamaki va alkogol mahsulotlarini olib kirishga urinish faktlari bo‘yicha qo‘lga olinish holatlarga e’tibor qaratdi.

Shu munosabat bilan Turkiya hududida belgilangan me’yordan ortiq tamaki va alkogol mahsulotlarini olib kirgan shaxslarga nisbatan Turkiya Respublikasi Jinoyat kodeksi “Kontrabanda” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochiladi. Sud Qaroriga muvofiq mazkur shaxslar jinoiy ish sodir etgan deb hisoblanadi va ularga nisbatan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va ma’muriy jarima to‘lash jazolari qo‘llaniladi.

Sudning yakuniy qarori chiqqunga qadar Turkiya hududidan deport qilingan va sud hukmiga ko‘ra aybdor deb topilgan shaxslar Turkiya vakolatli organlarining ma’lumotlar bazasiga qidiruvdagi shaxs sifatida kiritiladi va davlat chegarasini kesib o‘tish chog‘ida qo‘lga olinadi.

Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti hamyurtlarimizni tamaki, alkogol va boshqa mahsulotlarni olib kirish bo‘yicha Turkiya Respublikasining bojxona qoidalariga amal qilishga chaqiradi.

Ma’lumot uchun ayni paytda “Yolcular İçin Gümrük Rehberi” (“Yo‘lovchilar uchun bojxona yo‘lko‘rsatgichi”) mobil ilovasi ishlayotganini ma’lum qilamiz. Turkiya tomoni ishlab chiqqan mazkur ilova Turkiyaga kelayotgan yoki undan chiqib ketayotgan chet el fuqarolari uchun amaldagi bojxona qonunchiligiga muvofiq olib kirish va olib chiqish mumkin bo‘lgan narsalar, mahsulotlar, pul va qimmatbaho buyumlar bo‘yicha eng zarur ma’lumotlar bilan tez tanishib chiqish imkonini beradi.

“Yolcular İçin Gümrük Rehberi” mobil ilovasi internetga ulanishni talab qilmaydi, avtonom tartibda ishlaydi hamda turk, ingliz, rus, nemis va arab tillarida ma’lumot taqdim etadi. Ilovani “Google Play Store” va “Apple Store”dan bepul yuklab olish mumkin.

Quyida Turkiya Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ayrim tovarlarni olib kirish uchun o‘rnatlgan me’yorlar ilova qilinadi:

Turkiya Respublikasi hududiga 18 yoshdan oshgan fuqarolar tomonidan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘lgan mahsulotlar:

а) Tamaki mahsulotlari:

1. Sigaretlar – 600 dona

2. Sigarillalar (har bir sigarillaning og‘irligi 3 grammdan oshmasligi kerak) – 100 dona.

3. Sigaralar – 50 dona.

4. Kesilgan tamaki (200 dona sigaret qog‘ozi bilan) – 250 gramm.

b) Alkogol va alkogol mahsulotlari:

1. Tarkibida alkogol 22%dan yuqori bo‘lgan alkogol va alkogol ichimliklari – 1 litr.

2. Tarkibida alkogol 22%dan kam bo‘lgan alkogol va alkogol ichimliklari – 2 litr.

c) Kosmetika mahsulotlari:

1. Maksimum 600 ml. – hojatxona suvi, odekalon, lavanda, atir yoki loson, teri uchun 5 ta vosita, makiyaj uchun vosita.

d) Oziq-ovqat mahsulotlari:

1. Choy – 1 kg.

2. Tayyor eriydigan kofe – 1 kg.

3. Kofe – 1 kg.

4. Shokolad – 1 kg.

5. Shakardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari – 1 kg.



Marta o`qilgan: 342