O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
19 - oktabr 2019

Ekspertlar guruhining TIVdagi uchrashuv

2019-yilning 18-oktabr kuni Tashqi ishlar vazirligi binosida xalqaro huquq kodifikatsiyasi va uning progressiv rivojlanishi masalalari bo‘yicha idoralararo ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi va boshqa idoralarning vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan quyidagi mavzular bo‘yicha ishlab chiqilayotgan moddalar va xulosalarning loyihalari ko‘rib chiqildi:

- “Umumiy xalqaro huquqning imperativ normalari (jus cogens)”;

- “Insoniyatga qarshi jinoyatlarni oldini olish va ular uchun jazo”;

- “Huquqning umumiy tamoyillari”;

- “Davlat mansabdor shaxslarining chet el jinoiy yurisdiksiyasidan immuniteti”.

Muhokama yakuni bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi Oltinchi qo‘mitasining bo‘lajak majlisi doirasida muhokama qilish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston tomonining mavqei bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.



Marta o`qilgan: 1520