×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:19:19 (GMT +5), juma, 15 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


19 - oktabr 2019

O‘zbekiston Elchisi Vetnam Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2019-yilning 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Elchisi (qarorgohi Jakarta shahrida) Ulugbek Rozukulov Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Nguen Fu Chongga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasidagi munosabatlarni ikki tomonlama jihatdan va ko‘p tomonlama formatlarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Vetnam rahbari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan o‘zgarishlar nafaqat O‘zbekistonning kompleks rivojlanishiga, balki butun mintaqada o‘zaro ishonch va hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga ham xizmat qilishini qayd etdi.

Nguen Fu Chong savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmining oshayotganini, qishloq xo‘jaligi va akvamadaniyat sohalaridagi hamkorlikning rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan e’tirof etdi. Shu bilan birga, Prezidentning fikricha, Xanoy shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi hamkorlikning yanada ko‘proq yangi yo‘nalishlarini ochadi.

Suhbat so‘ngida Vetnam rahbari O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga omad va farovonlik tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.



Marta o`qilgan: 445