×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:15:56 (GMT +5), yakshanba, 16 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


17 - oktabr 2019

Singapurga borayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Singapur Respublikasidagi Elchixonasi mazkur mamlakat TIVga tayangan holda ma’lum qiladiki, Singapur Immigratsiya va nazorat-o‘tish punktlari xizmati 2019-yil 14-avgustdan boshlab Singapurga kirishni qayd etish (SG Arrival Card) elektron xizmatining tajriba versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda.

Mazkur dastur Singapurga kelayotgan shaxslar tomonidan mamlakatga kelishlaridan avval o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishlari bilan bog‘liq jarayonni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur bosqichma-bosqich 2021-yilgacha amaldagi hujjatlarni qog‘oz shaklida to‘ldirish tizimi o‘rnini egallaydi.

Singapurga borishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari barcha mavjud elektron platformalar orqali mamlakatga kelishlaridan oldin 14 kun ichida zarur shaklni to‘ldirishlari mumkin. Dastur xizmatlaridan foydalanish tekin, ammo viza tizimi o‘rnatilgan davlatalarning fuqarolari uchun viza olish bilan bog‘liq jarayonni bekor qilmaydi.

Hozirda mazkur qulaylikdan Singapurga faqatgina havo transporti vositasida keluvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Singapurdagi Elchixonasiga +65 6734 3942 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.



Marta o`qilgan: 2534