O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
12 - oktabr 2019

Rossiya hududida bo‘lib turgan yoki u yerga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bosh boshqarmasiga tayanib ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasida 2011-yil 28-martga qadar berilgan amal qilish muddati belgilanmagan haydovchilik guvohnomalari Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 41-43-moddalari va 6-7-ilovalariga muvofiq Rossiya Fedratsiyasi hududida tan olinadi.

O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq Bosh konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qildi.



Marta o`qilgan: 2249