×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:07:27 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - oktabr 2019

Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 8-oktabr kuni Moskva viloyati Lyuberetsy tumani hududidagi o‘rmondan O‘zbekiston fuqarosi X.B.ning jasadi topilgan.

Avvalroq, 2-oktabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” MChJning obyektlaridan birida devor qulashi natijasida hamyurtimiz vafot etgani va tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinayotgani to‘g‘risida ma’lumot olib Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilgandi hamda bosh konsul O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiya agentligi Vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqea joyiga borgan edi.

Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib bordi hamda marhumning jasadi obyektdan 5 km uzoqlikdan topildi.

Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskvа viloyati, Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.



Marta o`qilgan: 232