×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:06:10 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - oktabr 2019

Zamonaviy Toshkent yangi qiyofada boʻy koʻrsatmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 9-oktabr kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Olmazor tumanida barpo etilayotgan “Olmazor business city” ishbilarmonlik markazi qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Turkiyaning “Mesa mesken” kompaniyasi tomonidan bunyod etilayotgan zamonaviy ishbilarmonlik markazining umumiy qiymati 135 million dollarni tashkil etadi. Qurilish ishlari joriy yil fevral oyida boshlangan boʻlib, buning uchun 23,5 gektar yer ajratilgan.

Loyiha 6 ta lotga boʻlingan boʻlib, birinchi va ikkinchi lotlar savdo va koʻngilochar maskanlarni qamrab olgan. Uch, toʻrt va beshinchi lotlarda 9, 12, 13, 18 va 30 qavatli turar joylar qad rostlaydi. Oltinchi lotda 300 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi hamda 500 oʻrinli maktab qurilishi koʻzda tutilgan.

Yangi Olmazor koʻchasi va Kichik xalqa yoʻli oʻrtasidagi hududda qurilayotgan ushbu mavzeda 2 ming 100 ta xonadonli 28 ta koʻp qavatli uy bunyod etiladi. Ushbu turar joylarning birinchi qavatida 70 ta savdo doʻkoni joylashadi. Ayni paytda ishbilarmonlik markazida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl infratuzilmasi, yashil landshaftlarning joylashuviga eʼtibor qaratdi. Hududning 4 gektar qismida qurilish ishlari amalga oshirilsa, 16 gektar maydon koʻkalamzorlashtiriladi. Qichqiriq kanali boʻyidagi qariyb 3,5 gektar hududda koʻngilochar maskanlar barpo etiladi.

Prezidentimiz xonadonlardagi sharoitlarni kirib koʻrdi. Keng, bahavo kvartiralarda barcha qulayliklar muhayyo etilgan. Mehmonxona, oshxona, kattalar va bolalar yotoqxonalarining joylashuvi, zamonaviy dizayni eʼtiborni tortadi. Turar joy majmuasining afzalliklaridan yana biri – xonadonlar yashash uchun tayyor holda sotiladi.

Uylarning tashqi qismida bazalt isitish qoplamasidan foydalanilmoqda, har bir xonadonga alohida isitish tizimi oʻrnatiladi. Ishbilarmonlik markazini 2021-yil oxirida toʻliq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

– Uylar sonini koʻpaytirish, energiyani tejash orqali turar joylar narxini arzonlashtirish kerak. Buning uchun qurilish materiallari, bazalt tolasi ishlab chiqarish korxonalarini koʻpaytirib, har bir hududga yetkazib berish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunyodkorlik ishlarining borishi, oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berildi. Qurilishda mahalliy materiallardan foydalanilayotgani, uylar ham toʻliq yurtimizda ishlab chiqarilgan maishiy texnika va mebellar bilan jihozlanishi taʼkidlandi.

– Qurish bu birinchi qadam. Asosiysi – malakali ekspluatatsiya. Uylarga, odamlarga sifatli xizmat koʻrsatish, muhandislik uskunalaridan samarali foydalanish zarur, – dedi davlatimiz rahbari quruvchi va mutasaddilar bilan suhbatda.

Shu yerda Olmazor tumani faollari bilan muloqot boʻldi. Aholi farovonligini oshirish, bandligini taʼminlash, yoshlar tarbiyasiga eʼtibor qaratish, jinoyatchilikning oldini olish, yurtimizda roʻy berayotgan, oʻzgarishlarni targʻib qilish haqida soʻz yuritildi.

Har bir hudud sharoitiga qarab chekka tumanlarda ham sifatli, arzon va xavfsiz uylar barpo etish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada koʻpaytirish boʻyicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz oʻtgan yili 29-iyun kuni Olmazor tumani aholisi bilan muloqot chogʻida Toshkent chinni zavodini qayta tiklash zarurligini taʼkidlagan edi. Oʻtgan qisqa vaqtda ushbu tashabbus amalga oshdi, zamonaviy chinni zavodi barpo etildi.

Davlatimiz rahbari mazkur korxonani borib koʻrdi.

Bir paytlar Oʻzbekiston chinnisining dovrugʻi butun jahonga tanilgan. 1952-yilda qurilgan Toshkent chinni zavodida ishlab chiqarilgan mahsulotlar xalqaro koʻrgazmalarda sovrinli oʻrinlarga sazovor boʻlgan, koʻplab mamlakatlarga eksport qilingan. Masalan, Oʻzbekiston xalq rassomi Yoqub Qoriboyevning “Oq oltin” – xalq tilida paxta gulli chinni nomi bilan mashhur toʻplami Leypsig shahrida, rassom Anvar Noʻmonovning “Tong” toʻplami Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro koʻrgazmalarda oltin medal bilan taqdirlangan.

Mustaqillik yillarida Toshkent chinni zavodi gʻoyat achinarli ahvolga kelib qolgandi. Zavodga 98 foiz xomashyo chetdan keltirilgan. Bu tannarxga taʼsir etgan. Ishlab chiqarish zamon talablari asosida tashkil etilmagani, bozor oʻrganilmagani, asosiysi, mahsulot tannarxi qimmatligi bois korxona 2005-yilga kelib faoliyatini butunlay toʻxtatdi.

Nafis keramika mahsulotlari sanoat tarmogʻida oʻylamasdan amalga oshirilgan xususiylashtirishdan soʻng yuzaga kelgan ogʻir ahvol bois mamlakatimizga chinni buyumlar asosan chetdan keltirilayotgan edi.

Ushbu turdagi mahsulotlarga boʻlgan talabni qondirish va mahalliy chinni sanoatini yana tiklash maqsadida bundan bir necha yil avval Termiz tumanida “Surxon Termiz chinni” MCHJ tashkil etildi. Bu yerda bugungi kunda ellikka yaqin turdagi chinni buyumlar ishlab chiqarilib, mahsulotning bir qismi qoʻshni Afgʻoniston va Tojikistonga eksport qilinmoqda. Xomashyo Surxondaryo viloyatidagi Jerdanak kaolin konidan olinadi. U xorijdagi kaolin xomashyosi bilan bemalol raqobatlasha oladi.

Toshkent chinni zavodi bu boradagi izlanishlarning navbatdagisi boʻldi. Ahamiyatlisi, ilgarigi zavoddan farqli ravishda yangi korxona 100 foiz mahalliy xomashyo asosida ishlaydi. Xususan, gil tuproqli slanes Jerdanak konidan, kvars qumi va dala shpati Samarqand viloyatidagi Ingichka konidan, dolomit Qashqadaryo viloyatning Dehqonobod va Gʻuzor tumanlaridagi konlardan keltiriladi. Bu mahsulot tannarxi ancha arzon boʻladi, deganidir.

Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq, zavod faoliyatini qayta tiklash maqsadida “Aloqabank” tomonidan umumiy qiymati 87 milliard soʻmlik loyiha amalga oshirildi. Foydalanilmayotgan obyekt rekonstruksiya qilinib hamda qoʻshimcha binolar qurilib, Xitoyning “Huanggang Huauao Zhongbo Klin Technology Co. Ltd.” kompaniyasi uskunalari oʻrnatildi. 300 ish oʻrni yaratildi.

Shu kunlarda ishga tushiriladigan korxonada oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklarini tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Zavod uch yarim yilda oʻzini oqlaydi. Mahsulot import oʻrnini toʻldirib, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilinadi.

Davlatimiz rahbari yangi korxona sexlarini koʻzdan kechirib, mahsulot tayyorlash jarayoni bilan tanishdi.

– Bu zavod Oʻzbekistonning faxri, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Ilgari mamlakatimizga mehmon kelsa yoki yurtdoshlarimiz chet elga borsa, shu zavod toʻplamlaridan sovgʻa qilinardi. Endi ushbu yangi korxona undan ham chiroyli, sifatli va qadrli mahsulotlar tayyorlashi kerak.

Mutasaddilar bilan suhbatda zavod faoliyatini kengaytirib, klasterga aylantirish, yanada koʻp xotin-qizlar va yoshlarni ishga jalb etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

– Mamlakatimizda shuncha uylar qurilyapti, odamlarning hayot sifati oʻzgaryapti, – dedi Prezident. – Yangi uyga koʻchgan har bir oila albatta chinni buyumlar sotib oladi. Yubileylar, festivallarga bagʻishlangan, sovgʻa uchun toʻplamlar ham chiqarish mumkin. Buning uchun dizayn ustida ishlash, bozor talabini oʻrganib, olimlar va texnologlar bilan hamkorlikda zamonaviy mahsulotlar tayyorlash, yangi brendlar yaratish kerak. Masalan, milliy naqshlarimiz, soʻzanalarimiz bu borada katta manba boʻla oladi.

Davlatimiz rahbari korxona huzurida tashkil etilgan chinni buyumlar muzeyini koʻzdan kechirdi. Zavodda ishlagan mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi.

Shu yerda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan sanoat va investitsiya loyihalari taqdimoti ham oʻtkazildi. Prezident eksportni rivojlantirish, tashqi savdo amaliyotlarini yengillashtirish maqsadida Toshkent shahri uchun zamonaviy multimodal logistika markazi tashkil etish taklifini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, “Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazining qurib bitkazilgan ilk obyektlari – Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasini borib koʻrdi.

“Tashkent City” biznes markazlar, mehmonxonalar, ofislar, koʻp qavatli uylar, restoranlar va boshqa obyektlarni oʻz ichiga olgan zamonaviy shaharcha boʻladi.

Prezidentimiz joriy yil 14-mart kuni “Tashkent City”da amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgan va Kongress xollning asosiy zali, har bir xonasini koʻzdan kechirib, ularning qanday bezatilishi, jihozlanishi, mehmonlar uchun qulay sharoit yaratilishi, xalqaro sammitlar chogʻida koʻplab delegatsiyalar qatnashishini inobatga olib, yuqori martabali mehmonlar va ishtirokchilarning harakatlanishi, ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi, dam olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Ushbu koʻrsatmalar asosida “Tashkent City” hududidagi qurilish ishlari 7 lotga boʻlingan holda amalga oshirilmoqda. Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasi beshinchi lotda barpo etilgan.

Kongress xoll binosi davlatlararo muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazishga moʻljallangan. Binoning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr. Birinchi qavatda 3,5 ming nafar ishtirokchiga moʻljallangan katta konferensiyalar zali, xorijiy davlatlar rahbarlari alohida ishlashi uchun xonalar, muzokaralar uchun zallar, restoran, kichik konsert zali, uchrashuvlar va dam olish xonalari mavjud. Ikkinchi qavatda qoʻshimcha majlislar xonalari joylashgan. Birinchi qavat zamonaviy dizaynda, ikkinchi qavat esa klassik uslubda qurilgan. Yoʻlaklar yurtimiz rassomlarining eng sara asarlari bilan bezatilgan. Yana bir eʼtiborli tomoni yoʻlaklarda Toshkentning 12 qadimiy darvozasi kaliti oʻziga xos dizaynda qoʻyilgan.

Davlatimiz rahbari Kongress xollning har bir xona va zallarini kirib koʻrdi.

Besh yulduzli “Hilton” mehmonxonasining umumiy maydoni 51 ming kvadrat metr. 21 qavatli ushbu inshotning balandligi 85,5 metr. 258 ta nomer mavjud. Pardozlash va jihozlashda zamonaviy dizayn va yorqin ranglar keng qoʻllanilgani kishiga xush yoqadi. Barcha zamonaviy mehmonxonalarda boʻlgani kabi bu yerda ham bir nechta restoran, basseyn, sport zal, spa va boshqa salonlar bor. Xizmatlar turi koʻp, sifati yuqori darajada.

Shavkat Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, hudud markazidagi xiyobonni koʻzdan kechirdi.

“Tashkent City”da qurilish ishlari davom etmoqda. Bu yerda 8, 9, 20, 21, 26, 28, 30, 33, 51 qavatli turar joylar, mehmonxona binolari, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari, minglab mashinalar uchun moʻljallangan yer osti avtomobil turar joylari, bolalar bogʻchasi va sogʻlomlashtirish markazi barpo etiladi.

Nafaqat Oʻzbekistonda, balki, Markaziy Osiyoda yangi, zamonaviy qurilish texnologiyalari asosida barpo etilayotgan “Tashkent City” koʻrkamligi va muhtashamligi bilan dunyoning eng goʻzal shaharlari bilan boʻylasha oladi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 206