×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:04:06 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - oktabr 2019

Oʻzbekiston Prezidenti MDHning navbatdagi sammitida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 10-11-oktabr kunlari Ashxobod shahrida boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Yigʻilishda Hamdoʻstlik doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Sammit yakunida bir qator hujjatlarni, jumladan, 2020-yilda MDHda raislikning Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtishi toʻgʻrisida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya, 1941-1945-yillar Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining Hamdoʻstlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022-yillarda terrorizm hamda ekstremizmning boshqa zoʻravon koʻrinishlariga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik dasturini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti MDH sammitidagi ishtiroki doirasida Ashxobodda qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 143