O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
8 - oktabr 2019

O‘zbekiston delegatsiyaning MDH TIVK majlisida ishtiroki to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyasi 2019-yilning 10-oktabr kuni Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Majlis davomida MDH Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibi, unda imzolanadigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.



Marta o`qilgan: 1249