×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:10:54 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - oktabr 2019

Iqtisodiy va ijtimoiy investitsiya loyihalarining ijrosi koʻrib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 7-oktabr kuni xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Dastlab Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarining ijrosi koʻrib chiqildi. Joriy yil mart oyida davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi juda samarali boʻlgan, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha aprel oyida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan edi.

Undan koʻplab istiqbolli loyihalar oʻrin olgan. 300 million dollar evaziga Samarqand shahri infratuzilmasini rivojlantirish, Navoiy viloyatida 200 million dollarlik shamol va 150 million dollarlik quyosh elektr stansiyalari qurish, 203 million dollar evaziga Sirdaryo viloyatida sellyuloza, omuxta yem va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi agrosanoat klasteri tashkil etish loyihalari shular jumlasidandir.

Mutasaddilar investitsiya oʻzlashtirilishi boshlangan loyihalar ijrosining borishi boʻyicha hisobot berdi. Shuningdek, neft-gaz, kimyo, energetika, meva-sabzavotlarni qayta ishlash sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi ishlarning, qurilajak zavod va korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatiga eʼtibor qaratib, ularni tez va puxta amalga oshirish lozimligini taʼkidladi. Yangi loyihalar boʻyicha muzokaralarni yakunlash, qurilish ishlarini boshlash boʻyicha tegishli topshiriqlar berdi.

Maʼlumki, joriy yil oxirida Prezidentimizning Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan boʻlib, unga tayyorgarlik doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgan.

Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostansiya qurish, suv tozalash va suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga moʻljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik hamda Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati boʻyicha maʼlumot berildi.

Yigʻilishda joriy yil yanvar-sentyabr oylarida eksport va investitsiya prognoz koʻrsatkichlarining ijrosi holati va yil yakuni boʻyicha ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan choralar ham koʻrib chiqildi. Toʻqqiz oylikda eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSH dollarini tashkil etib, reja oshigʻi bilan bajarildi. Eksport nomenklaturasi 74 ta yangi turdagi mahsulot, geografiyasi 42 mamlakatga kengaydi. Oʻsish surʼati asosan meva-sabzavotchilik, toʻqimachilik, avtomobilsozlik, energetika tarmoqlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Shu bilan birga, ayrim tashkilot va hududlarda rejalashtirilgan prognoz bajarilmagani qayd etildi. Yil yakuniga qadar bu boradagi qoloqlikni bartaraf etish, barcha tarmoq va hududlar boʻyicha eksport prognozini bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yigʻilishda Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ham muhokama qilindi. Dasturga muvofiq, Qoʻqon shahrida umumiy qiymati 420 million dollarlik 250 ta, Margʻilon shahrida 192 million dollarlik 172 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Ajratilayotgan investitsiyalar ushbu shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash va yangi turar joylar qurishga yoʻnaltiriladi. Prezidentimiz mazkur uch yoʻnalish Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini har tomonlama yangilash, odamlar hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Toshkent shahrida oʻtkazilgan Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi va investitsiya forumi yakunlariga ham eʼtibor qaratildi.

Avval berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 151