×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:00:36 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - oktabr 2019

Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 7-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni qutlar ekan, oʻzaro ishonchga asoslangan oliy darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikni misli koʻrilmagan yuksak darajaga koʻtarishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shu munosabat bilan Tojikiston parlamenti delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yorqin dalilidir.

Yuksak martabali mehmon, oʻz navbatida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oʻzaro aloqalar barcha darajalarda faollashgani qayd etildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Chegaradosh hududlar oʻrtasida, madaniy-gumanitar sohada almashinuvlar kengaymoqda.

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratilmoqda.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qoʻmitalar va parlamentlararo guruhlar darajasida yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv soʻngida Shukurjon Zuhurov Tojikiston parlamenti qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida doʻstlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga har tomonlama koʻmaklashishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi joriy yil dekabr oyida mamlakatimiz parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 153