O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
7 - oktabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 6-oktabr kuni Mang‘istau viloyatida gaz va havo aralashmasining portlashi natijasida O‘zbekiston fuqarosi D.I. jarohat oldi va Beyneu tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirildi. Uning sog‘ligi holati barqaror og‘ir deya baholanmoqda.

Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi hamda bemor hamyurtimizni O‘zbekistonga olib ketish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda uning yaqinlariga yordam bermoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51.



Marta o`qilgan: 2033