×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:10:25 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - oktabr 2019

Turkiya Savdo palatalari va birjalari ittifoqi raisi bilan Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv to‘g‘risida

2019-yilning 2-oktabr kuni O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchisi Alisher Agzamxodjayev Turkiya Savdo palatalari va birjalari ittifoqi raisi Rifat Hisarchiklioglu bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Rifat Hisarchikliogluning Turkiy Kengash Ishbilarmonlar kengashining Toshkent shahrida o‘tkaziladigan birinchi yig‘ilishi va 5-oktabr kuni O‘zbekiston poytaxtida turkiy dunyo ishbilarmonlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Investitsion biznes forumi ishida qatnashish uchun O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifining tashkiliy va mazmuniy jihatlari muhokama qilindi.

Turkiya Savdo palatalari va birjalari ittifoqi raisi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni yuqori baholadi.

Rifat Hisarchiklioglu turkiy dunyo ishbilarmonlari nomidan biznes bilan shug‘ullanishga mamlakatda yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Rifat Hisarchiklioglu Turkiyaning yirik tadbirkorlaridan biri hisoblanadi va 2002-yildan beri Turkiyaning barcha ishbilarmonlik subyektlarini – 1,5 mln.dan ortiq subyektni birlashtiruvchi Savdo palatalari va birjalari ittifoqini boshqarib kelmoqda. U, shuningdek, Yevropa Savdo palatalari ittifoqi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Savdo palatalari ittifoqi raislarining o‘rinbosari, Savdo palatalari xalqaro assotsiatsiyasi boshqaruvi a’zosi ham hisoblanadi. Rifat Hisarchikliogluning yordamchisi Adem Kuda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (ECO) a’zo davlatlar Savdo palatalari birlashmasining bosh kotibi hisoblanadi.

Tashrif doirasida Rifat Hisarchikliogluga Turkiya Savdo palatalari va birjalari ittifoqi rahbariyati a’zolari, ECOga a’zo davlatlar Savdo palatalari birlashmasining bosh kotibi va 150 dan ortiq turkiyalik biznesmenlardan iborat nufuzli delegatsiya hamrohlik qiladi.

Tashrif dasturiga ko‘ra Ittifoq raisi Toshkent shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Turkiy dunyo Ishbilarmonlari kengashi yig‘ilishi va yuqorida qayd etilgan biznes forum O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda hamda Anqara shahridagi mamlakatimiz Elchixonasining ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarni tashkillashtirish bo‘yicha tashabbus ilk bor Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yilning 3-sentabrida Cho‘lpon ota shahrida (Qirg‘iziston) o‘tkazilgan Turkiy Kengashning 6-Sammiti chog‘ida e’lon qilingandi. Mazkur forum turkiy dunyo biznes-doiralari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar bilan tadbirkorlik, savdo, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorligi istiqbollarini muhokama qilish uchun maydon yaratishni maqsad qilib qo‘ygan. Rasmiy sessiyalarga qo‘shimcha tarzda “B2B” shaklida ishbilarmonlik uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.

Forumda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a’zo davlatlarining Savdo-sanoat palatalari raislari, yuqori mansabli hukumat vakillari, Turkiy Kengash tadbirkorlari va biznesmenlari ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Hozirgi kunga qadar Turkiy Kengashga a’zo davlatlarning 300 dan ortiq tadbirkorlari ro‘yxatdan o‘tdi.



Marta o`qilgan: 212