×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:03:24 (GMT +5), shanba, 14 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - oktabr 2019

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarining Vashington shahridagi uchrashuvlari to‘g‘risida

2019-yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya AQShga tashrifi doirasida Vashington shahrida muzokaralar o‘tkazdi.

AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisining yangi tayinlangani o‘rinbosari Mett Pottinger bilan qisqa uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha mamlakatining sa’y-harakatlarini muntazam qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Ta’kidlanganidek, Vashington Prezident Donald Trampning Janubiy Osiyodagi strategiyasini amalga oshirish, jumladan Markaziy Osiyodagi mintaqaviy savdo-iqtisodiy va infratuzilma jarayonlariga Afg‘onistonni faol jalb qilishda O‘zbekistonni ishonchli va asosiy sherik deb hisoblaydi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Liza Kyortis bilan ham muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan “C5+1” vazirlar uchrashuvining mazkur shakldagi hamkorlikning zarur ekanligini yana bir bor tasdiqlagan samarali yakunlari mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Liza Kyortis Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va ishonch muhitini mustahkamlashda O‘zbekistonning faol pozitsiyasini alohida qayd etdi. U O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan ayollar va bolalarni qaytarish bo‘yicha sa’y-harakatlarini olqishladi hamda mazkur masala bo‘yicha ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Suhbat davomida ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari jumladan siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanatar aloqalarni rivojlantirishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 677