×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:18:55 (GMT +5), chorshanba, 13 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - sentabr 2019

Vashington shahrida O‘zbekiston mustaqilligi kuni nishonlandi

2019-yilning 27-sentabr kuni Vashington shahridagi Ronald Reygan nomidagi Xalqaro savdo markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kongress, Oq uy, Xavfsizlik kengashi, Davlat departamenti, mudofaa, savdo, qishloq xo‘jaligi vazirliklari, G‘aznachilik, Savdo vakili ofisi, Eksimbank, Missisipi shtati milliy gvardiyasi, AQSh va Kanadaning yirik kompaniyalari, ekspertlar, jamoatchilik va ta’lim doiralari, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Vashingtondagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan AQShda bo‘lib turgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.

TIV rahbari mehmonlarni qutlar ekan, ularga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning erishilgan maqsadlari, AQSh bilan har tomonlama hamkorlikning rivojlantirish holati va ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni bundan keyin ham davom ettirish istiqbollari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

AQSh hukumati nomidan O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi bilan tabriklar ekan, AQSh Prezidenti yordamchisining o‘rinbosari Liza Kertis Toshkent va Vashington o‘zaro do‘stlik va strategik aloqalarni mustahkamlashda muhim natijalarga erishganini ta’kidladi. “So‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda juda katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda, - dedi Liza Kertis. – Biz yanada ko‘proq ochilayotgan iqtisodiyot, o‘zbek xalqining farovonligini oshirishga qaratilgan, Prezidentning o‘zi ta’kidlaganidek qaytarib bo‘lmaydigan siyosiy islohotlarni amalga oshirish tashabbuslariga guvoh bo‘lmoqdamiz”. U mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga AQSh qat’iyan sodiq ekanligini ta’kidladi.

“Biz O‘zbekistonning texnologik salohiyatini mustahkamlash, kasbiy mahoratini ribojlantirish va boshqa ko‘plab masalalarga - Jahon savdo tashkilotiga kirishdan boshlab ingliz tilini o‘qitish tizimini takomillashtirishga qaratilgan moliyaviy va texnik yordam dasturlarini kengaytirmoqdamiz”, - qayd etdi Liza Kertis.

Savdo hajmini sezilarli darajada oshishiga olib kelgan O‘zbekistonning konstruktiv mintaqaviy siyosatining yutuqlari alohida ta’kidlandi. Oq uy vakilining baholashicha, o‘tgan yil davomida kuniga O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi o‘tkazish punktidan o‘tayotgan transport vositalari sonining 200 tadan 4 mingtaga ko‘tarilishi bunga yaqqol misoldir.

O‘zbekistonning mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirildi. “Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish – mamlakatimizning o‘ta muhim maqsadi, – dedi administratsiya vakili va O‘zbekiston va AQSh sherikchiligi “urush tilka-pora qilgan ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikka erishishning muhim tarkibiy qismi” ekanligini ta’kidladi. U Prezident Donald Trampning Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Afg‘onistondagi mojaroni tinch hal qilish yo‘llarini topish borasidagi AQSh sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun” shaxsan minnatdorchilik bildirganini e’tirof etdi.

Xavfsizlik kengashi vakili Missisipi gubernatori Fil Brayant boshchiligidagi delegatsiyaning respublikaga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi darajaga ko‘tarish imkonini berganini qayd etdi. O‘z navbatida AQSh Savdo vaziri Uilbor Rossning O‘zbekistonga safari savdo va biznes hamkorlik salohiyati bilan bevosita tanishish uchun qulay imkoniyat taqdim etdi.

U o‘z so‘zi yakunida iqtisodiyot, kontrterrorizm, mintaqaviy xavfsizlik sohalarida yoki inson huquqlarini yaxshilash yo‘nalishida ham AQSh ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sherikchilikni keyingi kunlar va yillarda davom ettirish va chuqurlashtirishni sabrsizlik bilan kutayotganligini aytdi.

Tadbir doirasida AQShning ikki taniqli ijtimoiy-siyosiy va ilmiy arboblariga “Do‘stlik” ordenlarini taqdim etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga binoan yuksak davlat mukofotini ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash ishida, Oʻzbekiston boʻyicha Kokus – AQSh Kongressidagi doʻstlik guruhini tashkil etish hamda parlamentlararo muloqotni sezilarli darajada kengaytirishdagi xizmatlari va sadoqati uchun kongressmen Trent Kelliga topshirdi.

“Doʻstlik” ordeni Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Frederik Starrga ham topshirildi. U uzoq yillardan beri mamlakatimizning koʻp asrlik tarixiga, oʻzbek xalqining madaniyati, an’ana va odatlariga oid ilmiy tadqiqotlar olib borib, AQSh va dunyoning boshqa burchaklaridagi koʻplab odamlarni Oʻzbekistonning zamonaviy qiyofasi, respublikadagi ichki oʻzgarishlarning mohiyati va mazmuni, tashqi siyosatining ustuvor vazifalari haqida xabardor qilmoqda.

Kongressmen Trent Kelli yuksak mukofot uchun Oʻzbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik izhor etdi. U “mazkur mukofot katta mas’uliyat yuklashini va AQSh-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirish ishida yangi tashabbuslar va konstruktiv harakatlarga ragʻbatlantiradi”, – dedi.

Amerikalik kongressmen ikki tomonlama munosabatlarning yuqori dinamikasidan oʻta mamnunligini izhor etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyidagi AQShga rasmiy tashrifidan buyon “Oʻzbekiston-AQSh munosabatlari yanada yaxshilanmoqda, koʻp qirrali hamkorlikni ilgari surishga oʻzaro qiziqish ortmoqda”. Oʻzbekistonning strategik joylashuvi, inson omili va sivilizatsion salohiyati hamda mintaqada nufuzi oshganini hisobga olgan holda mamlakat AQSh uchun oʻta muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Kongressmen mamnuniyat bilan ta’kidladiki, O‘zbekiston va AQSh mintaqada izchil iqtisodiy o‘sishga erishish va barqarorlikni ta’minlashda umumiy maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlarga ega. Uning so‘zlarga ko‘ra, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi har taraflama hamkorlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi.

Trent Kelli AQSh Kongressida “Oʻzbekiston boʻyicha Kokus” hamraisi, Texas shtatidan kongressmen Visente Gonsalez bilan Mustaqillikni va O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sherikchilikni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan AQSh Kongresining maxsus Qarori qabul qilinishi bo‘yicha tashabbus bildiriliganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida Fredrik Starr “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirdi. Mazkur taqdirlanish u uchun katta mukofot hamda respublika rahbari va o‘zbek xalqining yuksak ishonchi belgisi hisobalanishini ma’lum qildi.

Fredrik Starr qayd etganidek, “O‘zbekiston tasavvur qilib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ushbu o‘zgarishlar uzoqni ko‘zlagan va ko‘p qirrali sifatga ega bo‘lib mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi”. Uning firkicha bu kabi keng miqyosli islohotlar va mamlakat rahbariyatining intilishlari dunyoda kam uchragan. “Biz bu jarayolarni nafaqat kuzatishimiz, balki yanada faolroq qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, - dedi AQShning yetakchi tahliliy markazi rahbari.

Tadbirda Kolumbiya okrugining davlat kotibi Kimberli Bassett so‘zga chiqdi va Vashington shahri meri Myurel Bouserning tabrigini o‘qib berdi:

“Vashington shahri meri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan qabul ishtirokchilari va O‘zbekiston xalqini tabriklashdan bag‘oyat mamnunman.

O‘tgan yili Vashington O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi. U mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynadi, qariyb 5 millard AQSh dollariga teng shartnomalar imzolanishiga, ikki tomonlama tashqi savdo aylanmasini 2 barobar oshishiga hamda O‘zbekistonga tashrif buyurgan amerikalik sayyoylar oqimini 60%ga oshishiga olib keldi”.

Tadbir doirasida “Boeing” kompaniyasining xalqaro operatsiyalar bo‘yicha direktori va Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining moliyaviy direktori Brayn Lopp, “Honeywell” kompanyasining Turkiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha prezidenti Frans van Dyursen va Kanadaning qazilma xom-ashyolarga ixtisoslashgan “B2gold” kompaniyasi vitse-prezidenti Nil Rider nutq so‘zladi.

Ular O‘zbekistonda davlat rahbari boshchiligida olib borilayotgan mamlakatni barqaror rivojlantirishga, iqtisodiyotni liberallashtirishga, monopoliyani qisqartirishga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, investorlar va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan islohotlarga yuqori baho berdilar hamda bular investorlarga “davlat nomidan ishonchli sherik topish” imkoniyatini berish orqali davlat va AQSh kompaniyalari o‘rtasida ishonchli va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.



Marta o`qilgan: 381