×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:15:43 (GMT +5), seshanba, 11 - avgust 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


24 - sentabr 2019

Primorye o‘lkasi hududida bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yilda Primorye o‘lkasi hududida patent asosida ishlaydigan chet ellik ishchilardan transport sohasida foydalanishga taqiq qo‘yiladi. Tegishli №71-PG-son qoror Gubernator Oleg Kojemyako tomonidan 2019-yil 12-sentabr kuni imzolandi.

Hujjatga ko‘ra chet ellik fuqarolarning shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslar, tramvay, trolleybus va taksi haydovchisi sifatida ishlashlari taqiqlanadi. Sayyohlik va ekskursiya yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritadigan ijaraga olingan avtobus haydovchilari bundan mustasno.

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiya hududida bo‘lib turgan va Primorye o‘lkasiga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizga yuqorida ko‘rsatilgan ta’qiqlarni hisobga olishlarini so‘raydi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primorye o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamalari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.



Marta o`qilgan: 1999