×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:08:21 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - sentabr 2019

Olmaota shahridagi Bosh konsulxona yangi binoga ko‘chib o‘tdi

2019-yilning 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchisi Saidikram Niyazxodjayev va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining Olmaota shahridagi Vakolatxonasi rahbari Yerlan Iskakov nutqlarida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarning hozirgi darajasiga yuqori baho berildi, ikki birodar mamlakat fuqarolarining o‘zaro safarlari o‘sib borayotgani qayd etildi, yangi binoning fuqarolarni qabul qilish va konsullik xizmatlarini ko‘rsatish uchun funksional va amaliy ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda Olmaota shahrida akkreditatsiya qilingan diplomatik missiyalar rahbarlari, ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, ilmiy-akademik doiralar va OAV vakillari ham ishtirok etdi.

Mehmonlar konsullik ishini olib borish, fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar hamda Bosh konsulxonasining texnik imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Rasmiy qism yakunlanganidan so‘ng OAV vakillari uchun brifing tashkillashtirildi.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi quyidagi manzilda joyaslgan: 050060, Olmaota shahri, Jarokova ko‘chasi, 360-uy, tel.: +7-727-390-26-16, +7-727-299-20-70, e-mail: kz.uzconsulate@mfa.uz.



Marta o`qilgan: 297