O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
20 - sentabr 2019

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziriga maktub

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Muxtar Tleuberdini Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi.

“O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida kuzatilayotgan do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining faol rivoji, o‘zaro ishonch, hurmat va qo‘llab-quvvatlashning sifat jihatdan yangi muhitini ulkan mamnuniyat bilan qayd etaman, - deyiladi maktubda. – Aminmanki, umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sherikchiligini izchil kengaytirishga qulay sharoit yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz”.

O‘zbekiston TIV rahbari Muxtar Tleuberdiga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyat, birodar qozoq xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.



Marta o`qilgan: 2118