O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
20 - sentabr 2019

O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 21-29-sentabr kunlari AQShga tashrif buyuradi va BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida, jumladan E’tiqod erkinligini himoya qilish Global chaqiruvi taqdimotiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbirda, Iqlim ta’sirlari bo‘yicha BMT Sammitida, “Markaziy Osiyo - AQSH” (“C5+1”) shaklida va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining (OHIChK) vazirlar uchrashuvlarida ishtirok etadi hamda Nyu York shahrida xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Tashrif dasturida Vashington shahrida AQSh rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston-AQSh kun tartibi masalalarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgan.



Marta o`qilgan: 523