×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:20:33 (GMT +5), chorshanba, 16 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 - sentabr 2019

Qohira shahridagi ikki tomonlama uchrashuvlar to‘g‘risida

2019-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Qohira shahriga tashrif doirasida Misr Savdo va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmad Antar va Investitsiyalar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Reda Bebars bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsion va sanoat sohalaridagi hamkorligini faollashtirishning amaliy masalalari 2018-yil sentabr oyida Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan iqtisodiy kelishuvlarning bajarilishi nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Uchrashuvda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Misr hukumatlararo komissiyasining 7-majlisining kun tartibi va amaliy jihatlari, uning doirasida biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlarining Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Misr tomoni O‘zbekiston mahsulotlari eksport hajmini oshirish uchun Misrning Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan amaldagi erkin savdo rejimida berilgan imkoniyatlardan foydalanishni taklif qildi.

Bundan tashqari, Misr xalqaro savdo tizimi Tariflar va Savdo bo‘yicha Bosh Bitim / Jahon savdo tashkilotining asoschisi sifatida O‘zbekistonning JSTga kirish masalasida har tomonlama yordam berishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zbekiston-Misr: iqtisodiy hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi. Konferensiya ishtirokchilari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiyotning turli sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni birgalikda tadbiq etish uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlarning borishi bilan tanishdilar.



Marta o`qilgan: 449