O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
7 - sentabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 6-sentabr kuni Turkiston viloyatining Sariag‘ash tumanidagi qurilish maydonida O‘zbekiston fuqarosi A.B. balandlikdan qulab tushgan va vafot etgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumning jasadini vatanga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.



Marta o`qilgan: 1643