×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:48:57 (GMT +5), dushanba, 23 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - sentabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi ma’lum qilishicha, 2019-yil 5-sentabr kechasi Ryazan viloyatining Mixaylovsk tumani hududidagi M-5 (P22 “Kaspiy”) trassasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik Sh.Y. voqea joyda vafot etgan, 7 nafar vatandoshimiz turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan biri reanimatsiyada, ahvoli o‘rtacha. Qolgan jarohatlanganlarning ahvoli xavf ostida emas.

Hozirda Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat va shifokorlar bilan aloqa o‘rnatgan, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda. .

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskvа viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.



Marta o`qilgan: 501