Dolzarb masalalar
- Saylov - 2019
- O'zbekistonning investitsiya salohiyati
- O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
- Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi
- O‘zbekistonning IHT TIVKga raisligi
- Orol va suv resurslari muammolari
- O‘R xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida o‘tkazilgan tadbirlar
-
Хабарҳои Ўзбекистон
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Moskva shahridagi L.A.Voroxobov nomli 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida yotgan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi U.Baxronov to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Vaziyat nazoratga olingan, Elchixona xodimlari tibbiyot muassasasida bo‘lib bemorning yaqinlari, muassasa rahbariyati va davolayotgan shifokorlar bilan uchrashdilar, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga tashxisni aniqlash va muolaja o‘tkazishda qo‘shimcha choralar ko‘rish, jumladan mutaxassislarni jalb qilish iltimosi bilan murojaat qildilar.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskvа viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.