×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:06:35 (GMT +5), dushanba, 9 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


2 - sentabr 2019

Aqtau shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

2019-yilning 30-avgust kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saidikram Niyazxodjayev, Mang‘istau viloyati hokimi Serikbay Trumov, bosh konsul Nodirjon Turg‘unov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Nutq so‘zlaganlar ta’kidlaganidek, Aqtau shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining ochilishi oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston muntazam aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga imkon beradi.

O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligiga hamda yangi diplomatik vakolatxonaning ochilishiga bag‘ishlangan rasmiy marosim va qabulda Eron, Ozarbayjon, Turkmaniston va Turkiyaning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonalari rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari hamda o‘zbek, qoraqalpoq entik-madaniy uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taqdimoti tashkillashtirildi.

31-avgust kuni Bosh konsulxonada O‘zbekistondan Mang‘istau viloyati bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazish bo‘yicha amaliy muzokaralar bo‘lib o‘tdi hamda 2.5 mln. AQSh dollari miqdorida dastlabki kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi quyidagi manzilda joylashgan: 130000, Qozog‘iston Respublikasi, Aqtau shahri, 30-mikrorayon, 83/1-uy, telefonlar: +77292777117, +77775990050, +77775990051.

Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi.



Marta o`qilgan: 642